So’nggi yangiliklar

16:39"Топурия учта тоифада чемпион бўла олиши мумкин" - UFC собиқ жангчиси 0 16:16Жейк Пол "Жағим синган, аммо миям жойида" 0 15:40City Football Group Ҳиндистон клубидаги улушини сотди 0 15:17Наоя Иноуэ ва Пикассо ўзаро жанг олдидан тарозига чиқди 0 14:53Деонтей Уайлдер: "Шубҳасиз, у билан жанг қиламан" 0 14:3216 йил қамоқда ўтирган 52 ёшли боксчи фаолиятидаги илк мағлубиятни қабул қилиб олди 0 14:11Эргашев "Навбаҳор" билан хайрлашди 0 13:50Шон О`Мэлли: "Шуга Оқ уйда Янга, Америка эса Россияга қарши! Бу мантиқан тўғри" 0 13:29Икки грузин Мадридда учрашиб қолди + ФОТО 0 13:08Энтони Жошуа Жейк Пол билан жангдан сўнг мухлисларга мурожаат қилди 0 12:47"Реал" ПСЖ футболчисига 90 миллион евро беришга тайёр 0 12:26Бен Аскрен: "Усман Махачев билан жангга лойиқ эмас!" 0 12:05Улуғбек Рашитов ва Разамбек Жамалов Тошкентда жанговар машғулот ўтказмоқда (ВИДЕО) 0 11:44"Хабибни ҳам, Махачевни ҳам "ёриб" ташларди" — КХЛ хоккейчиси 0 11:23Марадонанинг йиртилган формаси кимошди савдосида жуда қимматга сотилди 0

29 apr 15:41
Yangiliklar

Tennis

Naomi Osaka: Ikki yildan beri tuproqli kortda o'ynamayapman

Teglar :  Osaka
Yaponiyalik tennischi Naomi Osaka tuproqli kortda o'tkaziladigan musobaqalar mavsumi haqidagi fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

"Men ikki yildan beri tuproqli kortda o'ynamayman, shuning uchun "Rolan Garros"ga qadar bo'lgan o'yinlarda mashq qilishim kerak. Nimada ishlashim kerakligini bilmayman, chunki oxirgi paytdagi his-tuyg'ularimni eslay olmayman.

Hozircha zarbalarim yomon emas. Umid qilamanki, bu etarli bo'ladi. O'yinlar menga tuproqli kortga moslashishimga yordam beradi deb o'ylayman. Hozircha menda qanday o'ynash kerakligi borasida etarli tajriba yo'q.

Tuproqli kortda o'tadigan turnirlar mavsumi boshlanganidan xursandman, chunki men hech qachon tuproqli kortdagi musobaqalarda g'olib chiqmaganman. Boshqa tomondan, men yaxshi natija ko'rsatishni xohlaganim uchun tashvishlanyapman. Menimcha, g'alaba qozonishim kerak deb o'ylamaganimda, yaxshiroq ishlayman. Agar siz haqiqatan ham nimanidir xohlasangiz, bu tuyg'uni engib o'tish qiyin", - deya Osakaning so'zlaridan iqtibos keltiradi Tennis.com.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing