01 may 09:20
Yangiliklar
Tennis
Naomi Osaka Madridda muvaffaqiyatli start oldi
Yaponiyalik tennischi Naomi Osaka Madriddagi turnirda hamyurti Misaki Doyni 7/5, 6/2 hisobida mag'lub etib, musobaqaning ikkinchi bosqichiga yo'l oldi.
1 soatu 28 daqiqa davom etgan uchrashuvda dunyoning ikkinchi raketkasi 23 yoshli Naomi bitta qo'shxatoga yo'l qo'yib, beshta breyk va oltita eysni qayd etdi. WTA reytingida 79-o'rinni egallab turgan 30 yoshli Doyi esa ikki marta qo'shxatoga yo'l qo'yib, uchta eys va bitta breykni amalga oshirdi. Osaka sportchilarning o'zaro uchrashuvlarida peshqadam bo'lib qolmoqda - 3:0.
Osakaning Mutua Madrid Open'dagi navbatdagi raqibi chexiyalik Karolina Muxova bo'ladi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar