22 jan 13:53
Yangiliklar
Tennis
Naomi Osaka Tag Heuer soat brendi yuziga aylandi
Uchta "Katta Dubulg'a" turniri g'olibasi Naomi Osaka soat ishlab chiqaruvchi Tag Heuer brendi elchisiga aylandi.
"Bu rasmiy malumot. Tag Heuer kompaniyasi vakiliga aylanganimdan xursandman. Menga kompaniyaning "Sinovlar ostida sinmang" degan shiori juda ham yoqadi va bu so'zlardan o'zim uchun kuch olaman. Agar tennis bahslarim davomida shu iborani ko'p takrorlasam, natija ham ijobiy bo'lishiga ishonaman", - deya Instagram sahifasida xabar qoldirgan Osaka.
Malumot uchun, Tag Heuer dunyo tennisi yulduzlaridan Petra Kvitova, Denis SHapovalov, Aleks De Minaur, Feliks Oje va Frensis Tiafo bilan ham hamkorlik qiladi.
Havola :
Manba : gotennis
Fikrlar