09 avg 13:53
Yangiliklar
Tennis
Naomi Osaka Torontoda chorak finalga chiqdi
Sayyoramizning ikkinchi raqamli tennis malikasi Naomi Osaka Kanadaning Toronto shahrida o'tkazilayotgan nufuzli turnirdagi yurishini davom ettirmoqda.
Yaponiyalik tennischi uchinchi davra uchrashuvida polshalik Iga Svyontekka qarshi kortga chiqadi va reytingning 65-pog'onasidan joy olgan raqibasini 7/6(4), 6/4 hisobida mag'lubiyatga uchratdi.
Tennischilar kortda 1 soatu 51 daqiqa harakat qilishgan. Bu tennischilarning ilk uchrashuvi edi. Endi Osaka Rogers Cup turnirining chorak finalida amerikalik Serena Uilyamsga qarshi kortga chiqadi.
Havola :
Manba : gotennis
Fikrlar