27 avg 08:32
Yangiliklar

Naoya Inoue Ahmadaliev bilan jang oldidan sparringlarni yakunladi + FOTO
Turnirning markaziy jangida ikkinchi eng engil vazn toifasida yaponiyalik mutlaq jahon chempioni Naoya Inoue WBA yo'nalishi bo'yicha vaqtinchalik chempion Murodjon Ahmadalievga qarshi ringga ko'tariladi.
32 yashar Naoya mazkur jangga tayyorgarlik doirasida filippinlik sobiq raqibi Marlon Tapalesni sparring sherik sifatida tanlagandi. Instagram'dagi rasmiy sahifasida Inoue sparring jarayonlari yakunlanganini malum qildi:
"Bugun Tapales bilan mashg'ulotlar nihoyasiga etdi. Eng zo'r jangimni ko'rsatishga tayyorman! Tapales Management va Oxashining vakillariga rahmat aytaman. Uch hafta qoldi. 14 sentyabrni intiq bo'lib kutyapman", deya quyidagi suratni izohlagan yaponiyalik charm qo'lqop ustasi.
Eslatib o'tamiz, Murodjon Ahmadaliev WBA va IBF kamarlarini aynan Tapalesga boy bergandi.
Fikrlar