14 okt 10:05
Yangiliklar
Boks/MMA
Saul Alvares bugunning eng kuchli besh nafar jangchisini aytdi
Ikkinchi o'rta vazn toifasida meksikalik sobiq mutlaq jahon chempioni o'z tanlovini oshkor qildi.
"Vazn toifasidan qati nazar, mening beshta eng yaxshi bokschim — Aleksandr Usik, Naoya Inoue, Dmitriy Bivol, SHakur Stivenson va Jervonta Devis", — deya Kanelo o'z ro'yxatini sanab o'tdi.
Eslatib o'tamiz, 31 oktyabr kuni Alvares ikkinchi o'rta vaznda WBC kamariga ega bo'lgan Kristian Mbilliga qarshi ringga chiqadi. Saul o'tgan yilning sentyabr oyidan beri Las-Vegasda Terens Kroufordga ochkolar bo'yicha yutqazganidan beri ringga chiqmagan edi.
Kaneloning professional ringdagi hozirgi statistikasida 63 ta g'alaba, 3 ta mag'lubiyat va 2 ta durang bor.

Havola :
Manba : allboxing
Fikrlar