25 jan 12:53
Yangiliklar
Boks/MMA
Naoya Inoue bu yilgi rejalari bilan o'rtoqlashdi
Ikkinchi eng engil vaznda mutlaq jahon chempioni, yaponiyalik Naoya Inoue (29-0, 26 KO) E Jung Kim (21-3-2, 13 KO) ustidan qozonilgan g'alabadan so'ng o'z rejalari haqida gapirdi.
"Dunyoning turli burchaklaridagi odamlar meni kuzatayotganidan juda xursandman. Jangimni tomosha qilganingiz uchun barchangizga rahmat. Bu yil Las-Vegas va Saudiya Arabistonida jang o'tkazishni rejalashtirganman", dedi Inoue.
Naoya kechagi jangida raqibini 4-raunddayoq nokautga uchratgandi. O'zbekistonlik sobiq jahon chempioni Murodjon Ahmadaliev Naoyaning WBA kamari uchun majburiy davogar sanaladi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar