24 jan 19:52
Yangiliklar
Boks/MMA
Naoya Inoue koreyalik raqibini 4-raundda nokautga uchratdi
Yaponiya poytaxti Tokio shahrida professional boks oqshomi bo'lib o'tdi.
Kechaning markaziy jangida birinchi yarimengil vazn toifasida mutlaq jahon chempioni, yaponiyalik 31 yoshli Naoya "Monstr" Inoue (29-0, 26 KO) koreyalik 32 yashar YO Jun Kimga qarshi ringga ko'tarildi.
12 raundlik jang to'rtinchi raundda yakunlandi. Unda Inoue koreyalik raqibini nokautga uchratdi va o'ziga tegishli kamarlarni saqlab qoldi.
Malumot uchun, hamyurtimiz Murodjon Ahmadaliev WBA yo'nalishi bo'yicha Naoya Inoue bilan jang qilish uchun davogar hisoblanadi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar