27 fev 07:57
Yangiliklar
Futbol

“Napoli” 5 ta gol urdi va “Yuventus”dan 4 ochkoga ilgarilab ketdi
Italiya chempionatining 26-turidan o'rin olgan yana bir uchrashuv o'z nihoyasiga etdi.
Unda turnir peshqadami “Napoli” “Kalyari” mehmoni bo'ldi. Xose Kalexon, Dris Mertens, Marek Gamshik, Lorenco Insine, Mario Ruilar tomonidan kiritilgan gollar “Napoli”ga yirik hisobdagi g'alabani taqdim etdi.
“Napoli” shu tariqa turnir jadvalida bitta kam o'yin o'tkazgan “Yuventus”dan 4 ochkoga o'zib ketishga erishdi. “Yuventus” — “Atalanta” uchrashuvi kuchli qor yog'ishi natijasida boshqa muddatga qoldirilgan edi.
Havola :
Fikrlar