30 dek 07:46
Yangiliklar
Futbol

Napoli Gamshikning yagona goli evaziga Krotoneni mag'lub etdi
Italiya A seriyasining 19-turida Napoli safarda Krotoneni mag'lub etdi.
Yagona gol uchrashuvning 17-daqiqasida Mario Gamshik tomonidan kiritildi. Ushbu g'alabadan so'ng "Napoli" 48 ochko bilan karvonboshilikni davom ettirmoqda. Ikkinchi o'rindagi "Yuventus" bitta kam o'yin o'tkazgan holda 44 ochkoga ega bo'lib turibdi.
Italiya A Seriyasi. 19-tur
Krotone – Napoli 0:1 (0:1, 0:0)
Gol: 0:1 – 17 Gamshik.
Krotone – Kordac, Faraoni (Romero, 81), Simich (Sampirizi, 46), CHekkerini, Martella, Roden, Barberis (Krochata, 73), Mandragora, Trotta, Budimir, Stoyan.
Napoli – Reyna, Madjo, Albiol, Kulibali, Xyusay, Allan, Jorjino (Diavara, 77), Gamshik, Kalexon, Mertens (Rog, 89), Insine (Zelinski, 67).
Ogohlantirishlar: Jorjino (30), CHekkerini (39), Albiol (51).
Havola :
Fikrlar