20 may 08:51
Yangiliklar
![](/upload/storage/68190_220.jpg)
"Napoli"da "Inter" ustidan yirik g'alaba, "Yuventus" mag'lubiyatdan qutulib qoldi
Allaqachon ikkinchi o'rinni naqd qilib ulgurgan "Napoli" klubi o'z maydonida "Inter"ni yirik 4:1 hisobida dog'da qoldirdi. "Yuventus" esa CHempionlar ligasi yo'llanmasi uchun kurashayotgan "Atalanta" bilan bazo'r durang o'ynadi.
Napoli – Inter 4:1
«San-Paolo» stadioni.
Gollar: 1:0 – 16 Zelinski, 2:0 – 61 Mertens, 3:0 – 71 Fabian Ruis, 4:0 – 78 Fabian Ruis, 4:1 – 81, penalti Ikardi.
Napoli – Karnezis, Gulyam, Albiol, Kulibali (Luperto, 84), Malkyui, Fabian Ruis, Zelinski, Allan, Kalexon, Milik (Insine, 76), Mertens (Yunes, 80).
Inter – Xandanovich, Asamoa, Miranda, DʼAmbrozio, SHkrinyar, Perishich (Kandreva, 79), Galyardini (Vesino, 58), Nainggolan, Brozovich, Politano (Ikardi, 46), Martines.
Ogohlantirishlar: Kulibali (9), Nainggolan (48), Allan (49), Gulyam (90).
Yuventus – Atalanta 1:1
«Alyanc Stedium» o'yingohi.
Gollar: 0:1 – 33 Ilichich, 1:1 – 80 Mandjukich.
Yuventus – SHchensny, Joau Kanselu, Aleks Sandro (Bernardeski, 46), Bardzali (Manjukich, 61), Bonuchchi, Matyuidi (Kin, 85), Jan, Pyanich, Kuadrado, Dibala, Ronaldu.
Atalanta – Gollini, Kastan, Xatebur, Gimshiti, Gosens (Manchini, 62), Ilichich (Barrou, 78), de Ron, Gomes (Pashalich, 74), Froyler, Masello, Sapata.
Ogohlantirishlar: Aleks Sandro (14), Xatebur (28), Ronaldu (45), Matyuidi (70).
CHetlatish: Bernardeski (90).
Fikrlar