02 sen 14:19
Yangiliklar
SHaxmat
Narendra Modi SHavkat Mirziyoevga Javohir Sindarovning tarixiy blankasini sovg'a qildi + FOTO
Hindiston Bosh vaziri Narendra Modi O'zbekistonga rasmiy tashrifi doirasida Prezident SHavkat Mirziyoevga o'ziga xos va tarixiy sovg'a topshirdi.
Bu — hamyurtimiz grossmeyster Javohir Sindarovning Goadagi FIDE Jahon kubogi-2025 finalida o'z qo'li bilan yozgan asl partiya blankasidir.
Eslatib o'tamiz, Javohir ushbu tarixiy finalda xitoylik Vey Ini mag'lub etib, FIDE Jahon kubogi tarixidagi eng yosh chempionga aylangan va Nomzodlar turniriga yo'llanma olgan edi.
Tarixiy partiya yurishlari qayd etilgan ushbu qimmatbaho esdalik charm muqovada, Javohirning elkasiga O'zbekiston bayrog'ini yopgan holdagi surati bilan birga taqdim etildi.
Hindiston shaxmat federaciyasi (AICF) ushbu voqeani ikki mamlakat o'rtasidagi do'stlikni bog'lovchi haqiqiy shaxmat diplomatiyasi deb atamoqda.

Havola :
Manba : uzchess
Fikrlar