05 iyu 14:47
Yangiliklar
Naroditsky Memorial Rapid 2026. Sindarov va uning ustozi Madaminov final bosqichida!
Hamyurtimiz musobaqada 7 imkoniyatdan 6 ochko jamg'arishga muvaffaq bo'ldi. SHaxmatchimiz chempionni aniqlab bergan tay-brekda hindistonlik Aravindh CHitambaram ustidan har ikki partiyada ham g'alaba qozondi. Sindarov chempionlik bilan birga 3 000 AQSH dollari miqdoridagi mukofot puliga ega chiqqandi.

Kecha ushbu turnirning blic bahslarida saralash bosqichi o'tkazilib, final raundiga yo'l olgan shaxmatchilar malum bo'ldi. Javohir Sindarovga sekundantlik qilayotgan Muhiddin Madaminov saralashda ajoyib natija qayd etdi. U 8 ochko bilan qo'shimcha ko'rsatkichlarga ko'ra 2-o'rinni egalladi. Birinchi o'rin sohibi Hikaru Nakamura hisobida 8,5 ochko bor. Madaminov va Nakamuraning o'zaro partiyasida tomonlar 20-yurishdayoq durangga imzo chekishdi.

Javohir Sindarov saralashda o'z darajasida o'yin ko'rsata olmadi. Hamyurtimiz asosiy to'rga yo'llanma beruvchi tay-brek uchrashuvida ishtirok etdi. Javohir amerikalik Lener Dominges bilan murosasiz kechgan partiyada durang o'ynali. Sindarov qora donalarda o'ynagani uchun final bosqichiga so'nggi yo'llanmani qo'lga kiritdi. Musobaqa g'olibi 6000 AQSH dollariga ega bo'ladi.

Fikrlar