17 iyu 12:26
Yangiliklar
Tennis

Nature Valley Open. Finalda Konta va Barti o'ynaydi
Buyuk Britaniyaning Nottingem shahrida o'tkazilayotgan xotin-qiz tennischilar o'rtasidagi turnir o'z yakuniga etib kelmoqda.
Bugun musobaqada final uchrashuvi o'tkaziladi. Unda britaniyalik Yoxanna Konta avstraliyalik Eshli Bartiga qarshi kortga chiqadi. Dunyoning 22-raketkasi bo'lib turgan Konta yarim final uchrashuvida xorvatiyalik Donna Vekichni 6:2, 6:3 hisobida mag'lub etdi.
Ikkinchi yarim final bahsida esa WTA reytingida 17-o'rinni egallab turgan Eshli Barti reytingda o'zidan bir pog'onagina pastda joylashgan yaponiyalik Naomi Osakadan 6:3, 6:4 hisobida ustun keldi.
Havola :
Fikrlar