So’nggi yangiliklar

16:30ММА бўйича дунёдаги энг кучли мамлакатлар рейтинги эълон қилинди. Ким биринчи? 0 15:58Австралиялик "нокаутчи" Теремоана Жуниорнинг кейинги жанги аниқ бўлди 0 15:25ИНТЕРВЬЮ. Жонлантириш бўлимида бир ўлиб тирилган замонамиз Шум боласи Элбек Ибрагимов 0 14:57"Нима учун Трампдан ФИФАдан натижани бекор қилишни сўрамайсизлар?" 0 14:11Энтони Жошуа ҳар қандай рақибни йўқ қилмоқчи 0 13:40АҚШ Ўзбекистондаги шахмат Олимпиадасига қандай таркиб билан келиши аниқ бўлди 0 13:14WBO Дмитрий Бивол учун мажбурий даъвогарни белгилади 0 12:46Португалиянинг ЖЧ-2026 дан чиқиб кетганида Роналдуни айблашди 0 12:23"Конор Макгрегорнинг энг кучли талқинига қарши жангга тайёргарлик кўряпман" - Холлоуэй 0 11:59Расман! Мурат Гассиевнинг рақиби эълон қилинди 0 11:36UFC 331 турнирининг санаси, манзили, асосий жанги очиқланди 0 11:01"Тож ҳеч қачон тушмайди". Роналдунинг опаси — ҳужумчининг Португалия терма жамоасидан кетиши ҳақида 0 10:33Йен Гэрри: "Махачевни ўз қуроли билан енгаман" 0 10:32Ана холос! Қозоғистонлик жаҳон чемпиони рафиқасига нисбатан шафқатсиз зўравонликда айбланмоқда! 0 09:47Ўзбекистон профессионал бокс федерациясига янги раис сайланди 0

28 mar 18:43
Yangiliklar

Futbol

"Navbahor" - "Bunyodkor" va "Andijon" - "Lokomotiv" o'yinlari qaerda o'tishi nomalum

PFL bosh direktori maslahatchisi Diyor Imomxo'jaev Superligadagi muammolar haqida yozdi.

"Xullas, qiziq ishlar bo'lyapti. Muxlislarda to'g'ri fikrlarni shakllantirish, turli xil gap-so'zlarga emas, aniq malumotlarga ega bo'lishlari uchun ham shular haqida aytib turaman.

Xullas, “Navbahor” Farg'onadagi “Istiqlol” stadionida o'ynaymiz deb xat bergan bo'lsa, bugun “Istiqlol” tomoni kelishuvni yana bekor qildi, deyishdi. Ketma-ket ikkinchi marta. Farg'ona va Namangan kattalari o'zlari kelishib olishar, deb umid qilamiz. “Navbahor” esa “Bunyodkor”ga qarshi bellashuv uchun stadion izlayapti.

“Lokomotiv” tomoni “Andijon”ni qabul qilishga va ikkinchi davrani Andijonda o'tkazishga rozi bo'ldi. Biroq Toshkentda bir kunda ikki uchrashuv o'tkazishning iloji bo'lmayapti. Qolgan 5 ta uchrashuvning vaqtlari hozircha aniq.

Bu holat juda yoqimli emas, shuningdek, kutilmagan ham emas. Muhimi, Andijon, Namangan, Qo'qon kabi shaharlardagi stadionlar yaxshilanadi. Bekobodda yaxshilandi, Olmaliqda yaxshi. Toshkentda ham yaxshi, “Milliy stadion” ham yaxshi bo'lyapti. Qolganlari ham avvalgi holatlaridan ancha ijobiy o'zgarishlar qilgan. Voqealar rivojini kuzatishda davom etamiz", - deb yozadi Diyor Imomxo'jaev telegramdagi o'z kanalida. 

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing