So’nggi yangiliklar

15:51Ўзбекистон гимнастлари Роттердамдаги Жаҳон чемпионатида қатнашади 0 15:20Евлоев Волкановскига қарши жангда UFC`нинг ноёб рекордини ўрнатиши мумкин 0 14:49Ферстаппен Сингапур Гран-присида илк бор ғалаба қозонди 0 14:18Ўзбек клубларининг "Ал Насср" билан ўйинлардаги статистикаси қандай? 0 13:47Осиё ўйинларида ғалаба қозонган Жасурбек Жайсунов Париж Гран-присида ҳам шоҳсупага кўтарилди! 0 13:16Жон Жонс UFC`га қайтишни ҳали ҳам истисно этмаяпти 0 12:45"Бағрикенг эркак". Райан Гарсия Арнольд Шварценеггер билан учрашди (ФОТО) 0 12:14Элит ОЧЛ. Бугун икки клубимиз Саудия Арабистони жамоалари билан ўйнайди 0 11:43Нодирбек Абдусатторов: “Жавоҳир ниҳоятда истеъдодли, ҳатто мендан ҳам” 0 11:12Бивол ўзи учун энг муҳим уч рақибни айтди 0 10:41Махачев Доғистон ҳақидаги ҳазил билан Волкановскининг янги соч турмагига муносабат билдирди (ФОТО) 0 10:10Исломбек Исмоилов: "Биз фақат Роналдуга эмас, балки бутун "Ал Насср" жамоасига қарши ўйнаймиз" 0 09:39"Бу ҳали бошланиши". Музаффарбек Тўрабоев Жаҳон чемпионатида қўлга киритилган медалига муносабат билдирди 0 09:11Хамзат Чимаев ва Чарльз Оливейра Чеченистонда (ФОТО) 0 08:41Тошкентда 100 000 долларлик шахмат мусобақаси ўтказилади 0

25 avg 15:18
Yangiliklar

Boshqalar

Navoiy viloyatida sportchilar ishtirokida sodir bo'lgan holat yuzasidan rasmiy bayonot

Teglar :  Sport vazirligi
Joriy yil 19 avgust kuni Navoiy kanal nomli telegram kanalida Navoiyda yangi mafiya paydo bo'libdi shekilli, Voroskoy kinoni ko'p ko'rish oqibati sarlavhali maqola elon qilingan edi.

Maqolada yozilishicha, bir navoiylik bloger navoiylik qo'shtirnoq ichidagi sportchini tanqid qilgani uchun o'sha sportchi uning uyiga bir nechta o'ziga o'xshagan do'stlari hamda treneri bilan borgan. Ular blogerni uyidan olib ketgani etmaganidek unga do'q-po'pisa qilishgan. Maqola ilova qilingan rasmda sobiq Navoiy ixtisoslashtirilgan Olimpiya zaxiralari maktab-internati, hozirgi Navoiy Olimpiya zaxiralari kolleji treneri qayd etilgan

Navoiy viloyati jismoniy tarbiya va sport boshqarmasi ushbu holat yuzasidan o'rganish olib borildi va quyidagilarni malum qiladi:

Ushbu holat Navoiy viloyat jismoniy tarbiya va sport boshqarmasi masul xodimlari tomonidan o'rganib chiqildi. Unda aniqlanishicha, Navoiy ixtisoslashtirilgan Olimpiya zaxiralari maktab-internatida trener bo'lib ishlovchi Jumaev Muhammadning shaxsiy fotosuratlari va videolarini bloger internet tarmog'iga joylashtirganligi sababli Jumaev Muhammad Bekzod ismli blogerga telefon qilib, ijtimoiy tarmoqlardagi rasm va videolarni o'chirib tashlashini so'ragan. Bloger esa 2 000ta kuzatuvchi tomonidan ko'rilgandan so'ng o'chirishini malum qilgan.

SHundan so'ng, Jumaev Muhammad yaqin tanishlari bilan birgalikda blogerni shahar tashqarisiga olib chiqib, undan internet tarmog'idagi rasm va videolarni o'chirib tashlashni so'ragan, lekin bloger esa internet tarmog'iga chiqarilgan rasm va videolarni o'chirmasligini takidlagan hamda o'ziga nisbatan Jumaev Muhammad tomonidan kuch ishlatilganligini aytib, Navoiy shahar IIB boshqarmasiga murojaat qilgan.

Hozirda mazkur holat yuzasidan Navoiy shahar IIB boshqarmasi tomonidan tekshiruv-surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Qolaversa, Jismoniy tarbiya va sport vazirligi tomonidan ham mazkur holat jiddiy nazoratga olingan.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing