29 mar 08:26
Yangiliklar
"Navruz Cup-2022". Bugun final: O'zbekiston - Uganda!
3-o'rini uchun kechadigan o'yin 15:30 da start oladi hamda Tojikiston va Qirg'iz Respublikasi o'rtasidagi bahsni Akobirxo'ja SHukurullaev boshchiligidagi hakamlar jamoasi boshqarib boradi. Unga qanotlarda Baxtiyorxo'ja SHavkatov va Aleksandr Sidorov yordam beradi. Rustam Lutfullin esa zaxira hakami sifatida faoliyat olib boradi.
19:00 da boshlanadigan Uganda va O'zbekiston o'rtasidagi final uchrashuvida bosh hakamlik Sayyodjon Zayniddinovga ishonib topshirildi. Unga qanotlarda Vafo Karaev va Ismoil Nuraliev yordam beradi. Zaxira hakami vazifasi esa Nasrullo Kabirovga yuklatilgan.
O'FA matbuot xizmati bergan xabarga ko'ra, vakillarimiz hal qiluvchi bahsda to'liq oq rangda maydonga tushadigan bo'lishdi, darvozabonimiz esa yashil libosda harakatlanadi.
"Navruz cup-2022". Final.
19:00, O'zbekiston - Uganda
"Markaziy" stadion, Namangan
Bosh hakam: Sayyodjon Zayniddinov
Qanot hakamlari: Vafo Karaev va Ismoil Nuraliev
Zaxira hakami: Nasrullo Kabirov
Fikrlar