04 avg 15:47
Yangiliklar
Tennis
NBU Cup turnirida birgina tennischimiz chorak finalga chiqdi
Poytaxtimizda tennis bo'yicha o'smirlar va qizlar o'rtasida NBU Cup turnirining asosiy to'r bahslari davom etmoqda.
O'smirlar o'rtasidagi musobaqada birinchi raqam ostida tasniflangan hamyurtimiz SHarobiddin Abzalov ikkinchi davra uchrashuvda g'alabaga erishdi. SHarobiddin hindistonlik Siddxant Bantiani 6:1, 6:3 hisobida taslim etdi.
Abzalov ilk davrada qozog'istonlik Rodion Pakdan 6:3, 6:7(3), 6:0 hisobida ustun kelgan edi. Endi tennischimiz yarim final chiptasi uchun turnirning beshinchi raketkasi kiprlik Menelaos Efstatitouga qarshi kortga chiqadi. Menelaos ikkinchi bosqichda yana bir vakilimiz Iskandar Karimovga hech qanday imkoniyat qoldirmagandi - 6:0, 6:0.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar