05 avg 12:15
Yangiliklar
Tennis
NBU Cup turniridagi so'nggi vakilimiz ham yurishini to'xtatdi
Poytaxtimizda tennis bo'yicha o'smirlar va qizlar o'rtasida NBU Cup turnirining asosiy to'r bahslari davom etmoqda.
O'smirlar o'rtasidagi musobaqada birinchi raqam ostida tasniflangan hamyurtimiz SHarobiddin Abzalov o'z yurishini chorak final bosqichida to'xtatdi. U yarim final ostonasida turnirning beshinchi raketkasi kiprlik Menelaos Efstatitouga 6:7(3), 3:6 hisobida imkoniyatni boy berib qo'ydi.
Eslatib o'tamiz, SHarobiddin ilk davrada qozog'istonlik Rodion Pakdan 6:3, 6:7(3), 6:0, ikkinchi bosqichda hindistonlik Siddxant Bantiadan 6:1, 6:3 hisobida ustun kelgan edi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar