04 fev 00:16
Yangiliklar
Futbol

Nesterovning qadami qutlug' keldi, "Ohod" g'alaba qozondi
Saudiya Arabistoni chempionatining 18-turida "Ohod" va "Al-Ittifoq" jamoalari o'zaro to'qnash kelishdi.
Mazkur bahsda Ignatiy Nesterov "Ohod" uchun o'zining debyut uchrashuvini o'tkazdi. Birinchi bo'limda Muhammad Fuzayir va Karl Mejani o'z hisoblariga gol yozdirib qo'yishdi va natijada "Uhud" klubi 2:0 hisobidagi ustunlik bilan tanaffusga yo'l oldi.
Ahmad Akeshi 51-daqiqada Nesterov darvozasiga yo'l topa oldi - 2:1. Uchrashuvning 35-daqiqasida "Uhud" futbolchisi Muhammad Yahyo qizil kartochka sabab maydonni erta tark etdi. Ushbu natija o'yin tugaguniga qadar o'zgarmadi. Musobaqada "Al-Ittifoq" 7-o'rinda, "Ohod" klubi esa oxirgi 16-pog'onada bormoqda.
Havola :
Fikrlar