13 fev 07:48
Yangiliklar
Tennis

New York Open. Bugun Istomin AQSHda kortga chiqadi
AQSHning Nyu-York shahrida tennis bo'yicha nufuzli ATP turnirining asosiy to'r bahslari davom etmoqda.
Xabar berganimizdek, New York Open musobaqasida Denis Istomin ham ishtirok etadi. Hamyurtimiz bugun ilk davra bahsida amerikalik Makkenzi Makdonaldga qarshi kortga chiqadi. Bu uchrashuv Toshkent vaqti bilan soat 21:00da boshlanadi. Denis ATP reytingida 106, Makkenzi esa 82-o'rinni egallab turibdi.
Ushbu juftlik g'olibi ikkinchi bosqichda turnirning beshinchi raketkasi franciyalik Andrian Mannarino hamda amerikalik Reyli Opelka uchrashuvi g'olibiga qarshi bahs olib boradi. Dunyoning to'qqizinchi raketkasi amerikalik Jon Izner turnirning birinchi raketkasi sifatida qayd etilgan.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar