16 fev 16:17
Yangiliklar
Tennis
New York Open. Italiyalik 35 yoshli tennischi finalda o'ynaydi
AQSHning Nyu-York shahri mezbonlik qilayotgan tennis bo'yicha New York Open turniri yakuni sari yaqinlashmoqda.
Dunyoning 98-raketkasi bo'lib turgan Andreas Seppi bugun finalda bosh sovrin uchun kortga chiqadi. Italiyalik 35 yoshli tennischi 1/2 finalda Xitoy Taypeyi vakili Jeyson Jangni mag'lub etdi - 6/3, 6/2.
Uchrashuv 1 soatu 23 daqiqa davom etgan. 30 yoshli Jang reytingning 131-pog'onasidan joy olgan. Seppining New York Open finalidagi raqibi britaniyalik Kayl Edmund bo'ladi.
Havola :
Manba : gotennis
Fikrlar