29 may 10:44
Yangiliklar
Futbol

Neymar endi Braziliyada sardor emas
Braziliya terma jamoasi hujumchisi Neymar sardorlik bog'ichidan mahrum etildi.
SHunday qilib, yaqinlashib kelayotgan Amerika Kubogi-2019 musobaqasida futbolchilarni maydonga himoyachi Dani Alvesh sardor sifatida boshlab tushadi,
«Amerika Kubogida terma jamoaning yangi sardori tajribali himoyachi Dani Alvesh bo'ladi. U musobaqaga jalb qilinganlar orasida eng ko'p o'yinda qatnashgan (138ta uchrashuv) futbolchi hisoblanadi. So'nggi marotaba Alvesh 2018 yilning martida Germaniyaga qarshi uchrashuvda sardor bo'lgandi», – deya qayd etilgan mamlakat futbol federaciyasi tomonidan berilgan murojaatda.
Eslatib o'tamiz, Copa America-2019 bahslari 14 iyun sanasida boshlanadi.
Havola :
Manba : championat.asia
Fikrlar