30 may 07:20
Yangiliklar
Futbol
Neymar Mbappening qaroriga munosabat bildirdi
PSJ vingeri Neymarning fikricha, Kilian Mbappe "Real"ni rad etib, to'g'ri ish qildi.
"Menimcha, PSJ loyihasi aynan Kilianga kerak bo'lgan narsa, bu uning faoliyati uchun to'g'ri qaror hisoblanadi. Mbappe bu erda yana bir necha yil o'tkazadi, o'z mamlakatida, o'z shahri jamoasida CHempionlar ligasida g'alaba qozonishga harakat qiladi. Menimcha, u to'g'ri tanlov qildi", - dedi 30 yoshli braziliyalik futbolchi.
Eslatib o'tamiz, Kilian Mbappe "Real"ga o'tish o'rniga PSJ bilan shartnomani 3 yilga uzaytirishga qaror qildi.
23 yoshli franciyalik hujumchi parijliklar safida 217 ta o'yinda 171 ta gol urgan.
Havola :
Manba : Canal+
Fikrlar