02 mar 08:38
Yangiliklar

Niderlandiya chempionati. "Ayaks" o'z uyida asosiy raqibiga yutqazib qo'ydi
Unda Amsterdamning "Ayaks" klubi o'z maydonida eng yaqin taqibchisi "AZ Alkmar" jamoasini qabul qildi va kutilmaganda 0:2 hisobida imkoniyatni boy berdi. Bu "Ayaks"ning chempionatdagi beshinchi mag'lubiyati bo'ldi. AZ asosiy raqibini mag'lub etish orqali peshqadam bilan ochkolarini tenglashtirib oldi. "Ayaks" va AZ hisobida 53 tadan ochko bor.
Ayaks – AZ Alkmar 0:2 (0:1)
"Yoxan Kroyff Arena"
Gollar: 0:1 – 4 Boadyu, 0:2 – 74 Idrissi.
Ayaks – Onana, Dest, Sxyurs, Blind, Talyafiko, Eyting, van de Bek, Martines, Ziesh (Xuntelar, 81), Tadich, Promes.
AZ Alkmar – Bizot, Svensson, Leuvin, Kopmeyners, Veyndal, Midtshe (Sugavara, 90), de Vit, Klasi, Stengs, Boadyu (Dreyf, 90), Idrissi (Auveyan, 82).
Ogohlantirishlar: Veyndal (67), Leuvin (79).
Fikrlar