04 avg 18:03
Yangiliklar
Futbol
![](/upload/storage/2309_220.jpg)
Nigeriya o'smirlar U-17 terma jamoasining yarmi yoshi kichraytirilgan ekan
Futbol bo'yicha Nigeriya o'smirlar U-17 terma jamoasining deyarli yarim futbolchisi yoshni aniqlash uchun o'tkazilgan testdan o'ta olmadi.
Aniqrog'i, kengaytirilgan tarkibdan joy olgan 60 futbolchidan 22 nafari o'tkazilgan tekshiruvdan so'ng yoshi sezilarli tarzda kichraytirilgani malum bo'ldi.
Etiborlisi, asosiy tarkibning 2 nafar futbolchisi o'z yoshida ekanligi oydinlashgan. Bu terma jamoa o'smirlar o'rtasidagi Afrika Kubogining saralash bahslarida ishtirok etishi kerak.
Bunday holat 2013 yilda ham sodir bo'lgandi. O'shanda ham aynan 17 yoshli futbolchilarning yoshi kichraytirilgani aniqlangan edi.
Havola :
Fikrlar