16 iyu 11:41
Yangiliklar
Tennis
Nigina Abduraimova Nur-Sultonda 1/2 final uchrashuvida kortga chiqdi
Qozog'iston poytaxti Nur-Sulton shahrida o'tkazilayotgan tennis bo'yicha ayollar o'rtasidagi turnir o'zining hal qiluvchi pallasiga kirdi.
Biroz avval mamlakatimizning birinchi raketkasi Nigina Abduraimova ishtirokidagi 1/2 final uchrashuvi yakuniga etdi.
Uchinchi raqam ostida saralangan tennischimiz "W25 Nur-Sultan 2" musobaqasi final chiptasi uchun kechgan bahsda turnirning birinchi raketkasi, yaponiyalik Moyuka Uchijimaga 4/6, 2/6 hisobida imkoniyatni boy berib qo'ydi.
Taqqoslash uchun, ayni paytda Abduraimova WTA reytingida 194, Uchijima esa 163-o'rinni egallab turibdi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar