17 noy 12:30
Yangiliklar
Tennis

Nigina Abduraimova Tokio turniridagi ishtirokini yakunladi
Yaponiya poytaxti Tokio shahrida tennis bo'yicha nufuzli turnirning asosiy to'r bahslari davom etmoqda.
Sovrin jamg'armasi 50 ming AQSH dollarini tashkil qiluvchi musobaqada
hamyurtimiz Nigina Abduraimova ham ishtirok etayotgandi. Hozirgina hamyurtimiz ikkinchi
davra uchrashuvida kortga chiqdi.
Dunyo reytingida 168-o'rinni egallab turgan Nigina WTA reytingida 182-pog'onadan joy olgan vengriyalik Dalma Galfi bilan munosabatlariga oydinlik kiritib oldi.
Bir soatu 44 daqiqa davom etgan bahsda Dalma 6:3, 4:6, 7:6(4) hisobida zafar quchib, chorak finalga yo'l oldi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar