15 mar 17:37
Yangiliklar
Tennis
Nik Kirgios 2020 yildan beri birinchi marta Top-10'dagi raqibini mag'lub etdi
Indian-Uells turnirining erkaklar o'rtasidagi bahslarida Top-10 dagi yana bir tennischi musobaqani tark etdi.
Jahonning 8-raketkasi norvegiyalik Kasper Ruud BNP Paribas Open turnirining 1/16 finalida ATR reytingida 132-o'rinni egallab turgan avstraliyalik Nik Kirgiosga 4/6, 4/6 hisobida imkoniyatni boy berib qo'ydi.
Uchrashuv 1 soatu 17 daqiqa davom etdi. Ushbu vaqt davomida ikkala tennischi ham etti martadan eys amalga oshirdi. Tennischilarning o'zaro qarama-qarshiligida hisob tenglashdi - 1:1.
Kirgios 2020 yilgi ATR Cup'dan beri birinchi marta Top-10 dagi tennischini mag'lub etdi (o'shanda Stefanos Cicipas ustidan g'alaba qozongandi). Nik navbatdagi o'yinni kuchli o'nlikdagi yana bir tennischi, italiyalik Yannik Sinnerga qarshi o'tkazadi.
Havola :
Manba : gotennis.ru
Fikrlar