24 iyu 08:27
Yangiliklar
Velosport
Nikita Cvetkov Italiyadagi xalqaro turnirda ikki marta shohsupadan o'rin oldi
Italiyada o'tayotgan velotrek bo'yicha “Gran Premi Internazionali di Fiorenzuola” xalqaro musobaqasidan xushxabar.
O'zbekiston milliy terma jamoasi hamda BARDIANI-CSF 7SABER klubi azosi Nikita Cvetkov omnium dasturida bronza medalni qo'lga kiritdi. Bilasiz, velosportning trek yo'nalishida olimpiya o'yinlari dasturiga kiritilgan omnium – eng murakkab va chidamlilik talab etadigan poyga hisoblanadi. Ko'pkurash dasturida Nikita umumiy hisobda 114 ochko jamg'arib uchinchi o'rinni egalladi.
Bu hali hammasi emas. U23 yosh toifasida o'tgan ochko yig'ish dasturida ham Nikita Cvetkov delegaciyamiz hisobiga yana bir medalni qo'shib qo'ydi. 75 aylanadan iborat 45 km masofadagi bellashuvda hamyurtimiz 50 ochko jamg'arib, bronza medali bilan taqdirlandi.




Havola :
Manba : velosport.uz
Fikrlar