17 noy 18:22
Yangiliklar
SHaxmat
Nilufar Yakubboeva “Mersin Open 2025” turnirining “A” guruhi g'olibasi!
9-15 noyabr kunlari Turkiyaning Mersin shahrida “Mersin Metropolitan Municipality 9th International Chess Tournament” (“Mersin Open 2025”) xalqaro turniri o'tkazildi.
Bu haqda O'zbekiston shaxmat federaciyasi matbuot xizmati xabar berdi.
Musobaqaning “A” guruhida o'zbekistonlik xalqaro grossmeyster Nilufar Yakubboeva munosib ishtirok etdi. SHaxmatchimiz 5,5 ochko jamg'arib, ayollar o'rtasida 1-o'rinni egalladi.
Etiborlisi, Yakubboeva xalqaro reytingini +22,2 punktga oshirishga muvaffaq bo'ldi.

Havola :
Fikrlar