14 noy 08:43
Yangiliklar
Tennis
Nitto ATP Finals. Anderson Nishikoriga bitta geym berdi
Dunyoning oltinchi raketkasi Kevin Anderson Londonda o'tkazilayotgan ATP Yakuniy turnirining guruh bosqichida ikkinchi g'alabasiga erishdi.
Janubiy Afrika Respublikasi vakili reytingning to'qqizinchi pog'onasidan joy olgan Kei Nishikoriga hech qanday imkoniyat qoldirmadi. Kevin 1 soatu 4 daqiqa davom etgan uchrashuvda raqibini 6/0, 6/1 hisobida mag'lub etdi.
Bu 32 yoshli Andersonning ikkinchi g'alabasi bo'ldi. U birinchi uchrashuvda avstriyalik Dominik Timni mag'lubiyatga uchratgan. Yaponiyalik tennischi esa shov-shuvli tarzda Rojer Federerdan ustun kelgandi. Endi uchinchi turda Anderson Federerga, Nishikori esa Timga qarshi kortga chiqadi.
Havola :
Manba : gotennis.ru
Fikrlar