18 okt 12:09
Yangiliklar

Nodir Eliboev futzalchilik faoliyatini tugatdi
Eliboev professional futzaldagi faoliyatini 2005 yil “Stroitel Zarafshon” jamoasi tarkibida boshlagan, uning so'nggi klubi esa O'zbekistonning 5 karra chempioni “Ardus” bo'ldi.
O'tgan mavsum “Ardus” bilan Associaciya kubogi va O'zbekiston kubogida zafar quchgan Nodir Eliboev Oliy ligada kumush medallarni qo'lga kiritdi. Milliy terma jamoa bilan esa yil boshida Toshkentda o'tkazilgan Osiyo chempionatida finalga qadar etib bordi.
10 sentyabrdan 1 oktyabrga qadar Kolumbiyada bo'lib o'tgan Jahon chempionatida ishtirok etdi. Kolumbiyadagi mundial futzalchi uchun so'nggi musobaqa bo'ldi. Futzaldagi eng katta orzusiga erishgan himoyachi faoliyatini mana shunday yuqori nuqtada tugatdi.
Fikrlar