16 jan 07:58
Yangiliklar
Nodirbek Abdusattorov FIDE Freestyle Chess Jahon chempionatida ishtirok etadi
Onlayn tarzda o'tgan ikki kunlik saralash turnirining birinchi kuni Abdusattorov 9 imkoniyatdan 7 ochko jamg'argan holda qo'shimcha ko'rsatkichlarga ko'ra 1-o'rin bilan saralashning final raundiga yo'l olgandi.
Kecha oqshom Nodirbek avvaliga 1/2 finalda eronlik Amin Tabatabayini 1,5:0,5 hisobida taslim etdi. Saralashning final uchrashuvida esa hindistonlik grossmeyster Pranavni har ikki partiyada ham mag'lubiyatga uchratib, saralash bosqichi g'olibi sifatida FIDE Freestyle Chess Jahon chempionati yo'llanmasini qo'lga kiritdi.

SHu tariqa, Jahon chempionatining barcha sakkiz nafar ishtirokchisi aniqlandi. Avvalroq Magnus Karlsen (Norvegiya), Levon Aronyan, Fabiano Karuana, Hans Niemann (uchchalasi ham AQSH), Vinsent Keymer (Germaniya), Arjun Ergaisi (Hindiston) va hamyurtimiz o'tgan yilgi jahon Kubogi sohibi Javohir Sindarov FIDE Freestyle Chess Jahon chempionati ishtirokchisiga aylangandi.

Fikrlar