16 fev 01:08
Yangiliklar
SHaxmat
Nodirbek Abdusattorov FIDE Freestyle Chess Jahon chempionatida uchinchi o'rinni egalladi
Germaniyaning Vangels shahrida shaxmat bo'yicha FIDE Freestyle Jahon chempionati o'z nihoyasiga etdi.
Musobaqada ishtirok etgan hamyurtlarimiz Nodirbek Abdusattorov 3-o'rinni egallagan bo'lsa, Javohir Sindarov sakkizinchi natijani qayd etdi.
Abdusattorov 3-o'rin uchun bahsda Vinsent Keymerni 2.5-1.5 hisobida mag'lub etdi va 40 000 AQSH dollari miqdorida mukofotni qo'lga kiritdi.
Eng muhim jihati shundaki, Nodirbek 3-o'rin orqali 2027 yilgi Freestyle Chess Jahon chempionatida ishtirok etish uchun yo'llanmani ham o'ziniki qilib oldi.
Javohir Sindarov esa turnirni 8-o'rinda yakunlagan holda 10 000 AQSH dollari mukofotni qo'lga kiritdi.

Havola :
Manba : uzchess
Fikrlar