17 fev 12:12
Yangiliklar
Nodirbek Abdusattorov Gamburg turniridan qancha ishlab oldi? Qolganlarchi?
Dunyoning kuchli sakkiz nafar grossmeysteri dona surgan Fisher shaxmati bo'yicha musobaqada blic va rapid yo'nalishida amaldagi jahon chempioni Magnus Karlsen chempion bo'ldi. U final bahsida amerikalik Fabiano Karuanani 1,5:0,5 hisobida mag'lubiyatga uchratdi.
Gamburg turnirining umumiy mukofot jamg'armasi 200 000 AQSH dollarini tashkil etdi. CHempion Karlsen 60 000 dollarga ega chiqdi. Ikkinchi o'rin sohibi Fabiano Karuana 40 000, kuchli uchlikdan joy olgan Levon Aronyan esa 30 000 dollarni qo'lga kiritdi.
Uchinchi o'rin uchun bahsda aynan Aronyanga 0,5:1,5 hisobida yutqazib qo'ygan hamyurtimiz Nodirbek Abdusattorov 20 000 dollarlik bo'ldi. So'nggi o'rinni egallagan xitoylik shaxmatchi Din Lijen o'z hamyonini 8 000 AQSH dollariga boyitib oldi.
Fikrlar