So’nggi yangiliklar

15:37Аёллар Осиё Чемпионлар Лигаси. "Насаф" сафарда "Ист Бенгал" жамоасини йирик ҳисобда таслим этди 0 15:13Ар-Риёдда Ring IV: Night of the Champions бокс оқшоми ўтказилди 0 14:48Ёш гандболчиларимиз Жаҳон чемпионатига йўлланма олишди 0 14:25Разамбек Жамалов Арман Царукянни ғалаба билан табриклади (ФОТО) 0 13:58Суперлига охирги тур учрашувлари бошланиш вақти маълум 0 13:34Билол Муҳаммад Иан Гэрридан учралган мағлубияти ҳақида фикр билдирди 0 13:07Тошкентда Президент Олимпиадаси бошланмоқда 0 12:40Ислом бирдамлиги ўйинларида иштирок этган паралимпиячиларимиз Ватанга қайтишди 0 12:13"Олтин тўп" соҳиби майдонга қайтишга яқин 0 11:52Чимаев ва Гэрри кечаги UFC турниридан кейин юзага келган можарога изоҳ беришди 0 11:31Арман Царукян Илия Топурияни октагонга чорлади 0 11:10Белал Муҳаммадни мағлуб этган Йен Гарри Ислам Махачевга мактуб қолдирди 0 10:49Виталий Левченко Ўзбекистон чемпиони бўлган тўққизинчи хорижлик мураббий! 0 10:28Қатардаги UFC турнири бонус соҳиблари маълум 0 10:07Пойтахтимиз бокс бўйича йирик халқаро йиғинга мезбонлик қилмоқда (ВИДЕО) 0

28 okt 08:38
Yangiliklar

SHaxmat

Nodirbek Abdusattorov guruh bosqichida eng ko'p ochko to'pladi. Uning 1/2 finaldagi raqibi malum

O'zbekistonlik grossmeyster Nodirbek Abdusattorov Islandiyadagi "World Fischer Random Chess Championship 2022" musobaqasidagi ishtirokini muvaffaqiyatli davom ettirmoqda.

Mukofot jamg'armasi 400 ming AQSH dollarini tashkil etuvchi ushbu nufuzli turnirda guruh bosqichi yakunlanib, 1/2 final juftliklari malum bo'ldi. Abdusattorov islandiyalik Xyorvar Steyn Gretarsson, rossiyalik FIDE bayrog'i ostida dona surayotgan Yan Nepomnyashiy va AQSH vakili Uesli Soni mag'lub etib, muddatidan avval yarim finalga yo'l olgandi. 

Kecha tunda o'tkazilgan partiyalarda Nodirbek Nepomnyashiyni yana ikki bor mag'lubiyatga uchratdi. Uesli So bilan takroriy bahslarda bitta durang va mag'lubiyat qayd etdi hamda 10 ochko bilan guruh g'olibi sifatida 1/2 finalga yo'l oldi. Yan Nepomnyashiy 7 ochko bilan ikkinchi yarim finalchiga aylandi. 

Etiborga molik jihati shundaki, Nodirbek Abdusattorovguruh bosqichida eng ko'p ochko jamg'argan shaxmatchi bo'ldi. Amaldagi jahon toji sohibi Magnus Karlsen 9 ochko bilan B guruhida 1-o'rinni egalladi. Amerikalik Xikaru Nakamura ham 9 ochko jamg'ardi va qo'shimcha ko'rsatkichlarga ko'ra guruhda ikkinchi bo'ldi. 

Bugun musobaqada dam olish kuni. Ertaga yarim final uchrashuvlari o'tkaziladi. A guruhi g'olibi Nodirbek Abdusattorov B kvartetida ikkinchi o'rinni band etgan Xikaru Nakamuraga qarshi dona suradi. Ikkinchi yarim final juftligida Magnus Karlsen va Yan Nepomnyashiy uchrashishadi.  

World Fischer Random Chess Championship. 1/2 final

Nodirbek Abdusattorov (O'zbekiston) - Xikaru Nakamura (AQSH)

Yan Nepomnyashhiy (FIDE) - Magnus Karlsen (Norvegiya)

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing