27 fev 11:55
Yangiliklar
Nodirbek Abdusattorov ishtirok etgan turnirda chempion o'zgarishsiz qoldi
Mukofot jamg'armasi 150 ming AQSH dollarini tashkil etgan mazkur turnirda sayyoramizning reyting yuqori grossmeysterlari g'oliblik yo'lida dona surishdi. Kecha hal qiluvchi final uchrashuvida musobaqaning amadagi g'olibi, jahon toji sohibi Magnus Karlsen rossiyalik grossmeyster Yan Nepomnyashiyni mag'lubiyatga uchratdi.
Bu ikki shaxmatchi yaqinda jahon toji uchun kechgan bahsda ham o'zaro dona surishgandi. Finalning birinchi kuni 2:2 hisobi qayd etildi. Ikkinchi kungi har ikki partiyada Karlsen g'alaba qozonib, chempionlik unvonini o'zida saqlab qoldi.
Eslatib o'tamiz, ushbu nufuzli turnirda hamyurtimiz, rapid yo'nalishi bo'yicha amaldagi va shu bilan birga eng yosh jahon chempioni Nodirbek Abdusattorov (2651) ham o'z imkoniyatini sinab ko'rgandi. U yana bir bor Karlsen bilan o'ynab, durangga imzo chekkan edi.
Fikrlar