So’nggi yangiliklar

15:03"Барча Умар Нурмагомедовни бўлажак чемпион деб ҳисобларди, нима бўлганини кўрдингизми?" - Сонг Ядонг 0 14:31"ММАга қайтиш учун энди қарилик қиламан" - Забит Магомедшарипов 0 13:57Статистикага кўра Хргович жанг тўхтатилган вақтда Итаумага ютқазаётганди 0 13:30Лео Месси тарихда иккинчи ўринга кўтарилиб oлди 0 12:58"Аспиналлни тезроқ октагонга қайтариш керак" - собиқ чемпион 0 12:34Жалолов билан жанг қилиши мумкинлиги айтилган Мурат Гассиев Тайсон Фьюрига қарши рингга чиқиши мумкин 0 12:07"Биз айнан шу зарбани ишлагандик" - Сонг Ядонг нокаут ҳақида 0 11:40"Барселона" ҳимоячиси € 8,5 млн эвазига "Реал Сосьедад"га ўтди 0 11:13Двалишвили Нурмагомедовнинг мағлубиятига битта эмоджи билан муносабат билдирди 0 10:49Ҳумоюн билан жанг қилиши кутилган Мадраҳимов Тошкентга октагонга чиқади + ПОСТЕР 0 10:22Ислам Махачев Нурмагомедовнинг UFC`даги иккинчи мағлубияти ҳақида гапирди 0 09:57Ўзбекистон кубоги. Бугун яна иккита қизиқарли учрашув бор 0 09:23Lausanne Grand Slam 2026. Бугун оғир вазнли дзюдочиларимизга мухлислик қиламиз. Улар орасида Тўрабоев ҳам бор! 0 08:55Умар Нурмагомедов кечаги кутилмаган нокаутига илк бор изоҳ берди 0 08:26Жасурбек "Тайсон" Жўраев бир ҳафтадан кейин Тошкентда жанг қилади + ПОСТЕР 0

04 may 12:37
Yangiliklar

SHaxmat

Nodirbek Abdusattorov: "Magnus har safar menga qarshi o'yinga kechikib keladi"

Xabar berganimizdek, Magnus Karlsen va Nodirbek Abdusattorov o'rtasidagi 3-tur bahsi durang natija bilan yakunlandi.

Uchrashuvdan so'ng hamyurtimiz bahs tafsilotlari va Magnusning "psixologik o'yinlari" haqida gapirib berdi.


Nodirbek o'yinni shunday tarifladi:

"Bu juda yuqori sifatli partiya bo'ldi. Balki tomoshabop bo'lmagandir, lekin juda mustahkam o'ynadik. Magnus debyutda kutilmagan Qc2 yurishi bilan meni hayron qoldirdi. Ochig'ini aytsam, o'yin biroz sokin va zerikarli kechdi, biroq elita darajasidagi shaxmat kurashi mana shunday bo'ladi".


Turnirning qiziq nuqtasi Magnus Karlsenning o'yinga deyarli o'n daqiqa kechikib kelgani bo'ldi. Nodirbek bunga xotirjam munosabat bildirdi:

"U menga qarshi o'ynaganda doim shunday qiladi. Vaysenxausda ham tur boshlanib bo'lganidan keyin kelgan edi. Lekin bu meni zarracha ham hayajonga solmay qo'ygan. Uning odatlarini, holatlarga bo'lgan munosabatini yaxshi bilaman. Bu uning tanlovi, bunaqa odatlariga shunchaki etibor bermayman".


Nodirbek hozirgi sport formasi haqida gapirar ekan, kechagi o'yindagi xatosini eslab o'tdi:

"O'zimni yaxshi his qilyapman, lekin kechagi o'yin meni hali ham qiynayapti. Kamida ikki marta yutuqli poziciyaga chiqib, g'alabani qo'ldan chiqardim. Rxf7 yurishi barcha ustunligimni yo'qqa chiqardi. Bor-yo'g'i 7 ta turdan iborat turnirda bunday imkoniyatlardan foydalana olmaslik juda alamli".

Reyting: +1   

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing