10 fev 11:57
Yangiliklar
SHaxmat
Nodirbek Abdusattorov Magnus Karlsen qatnashadigan Tepe Sigeman & Co Chess turnirida ishtirok etadi
1-7 may kunlari SHveciyaning Malmyo shahrida shaxmat bo'yicha Tepe Sigeman & Co Chess Tournament 2026 nufuzli turniri o'tkaziladi.
Musobaqada ishtirok etuvchi ikkinchi grossmeyster nomi malum qilindi. Ahamiyatlisi, bu hamyurtimiz Nodirbek Abdusattorov.
Dastlabki ishtirokchi sifatida norvegiyalik Magnus Karlsen elon qilingandi. Eslatib o'tamiz, Abdusattorov mazkur musobaqaning 2024 yilgi g'olibi hisoblanadi. O'tgan yilgi turnirda esa boshqa bir hamyurtimiz — Javohir Sindarov zafar quchgan.
Nodirbek fevral oyi avvalida Niderlandiyaning Veyk-an-Zee shahrida o'tkazilgan Tata Steel Chess turnirida ham tengsiz bo'lgandi.
Havola :
Manba : chessgames
Fikrlar