13 iyu 08:22
Yangiliklar
SHaxmat
Nodirbek Abdusattorov Magnus Karlsenga qarshi uchta partiya o'tkazdi
SHu kunlarda shaxmat bo'yicha "Aimchess Rapid" onlayn turniri o'tkazilayotganligi haqida xabarlar bergandik.
Unda hamyurtimiz Nodirbek Abdusattorov ham ishtirok etmoqda. U kecha onlayn turnir finalida norvegiyalik Magnus Karlsenga qarshi o'yin o'tkazdi. Uchta partiya yakuniga ko'ra hamyurtimiz 0,5 : 2,5 hisoblarida imkoniyatni boy berdi.
Eslatib o'tamiz, Abdusattorov musobaqa davomida Uesli So va Levon Aronyan kabi raqiblarni mag'lubiyatga uchratib, finalga qadar etib kelgandi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar