So’nggi yangiliklar

12:21Шоҳжаҳон Эргашев чақирувларга жавоб қайтарди 0 11:34Мовсар Евлоев: "Аввал чемпионлик камарини қўлга киритаман, кейин эса тажриба ўтказамиз" 0 10:24"Жуда яхши рақиблар". Карпин — Россия терма жамоасининг Ўзбекистон ва Венесуэлага қарши ўйинлари ҳақида 0 09:40Ҳозирда шахмат тарихидаги энг ёш гроссмейстер ким? 0 08:37Дастин Порье Рамазон Темировнинг жанги ҳақида гапирди 0 19:41Майк Мэлотт UFC 336 турнирида иштирок этади 0 19:03Манба: Каннаваро Мексика ёки АҚШ клубларини бошқариш имкониятини кўриб чиқмоқда 0 18:25Guangzhou Challenger: Ҳумоюн Султоновни чорак финал остонасида тўхтатишди 0 17:44"У кучли зарба берадиган жангчи". Кавана жанг олдидан Рамазон Темиров ҳақида гапирди 0 16:55Жанибек Алимханули WBO камари учун жанг қилади 0 16:06"Сабаҳ" — жорий мавсум ушбу натижага эришган EЧЛдаги биринчи жамоа! 0 15:17Хргович Уордлига фаолиятини якунлашни маслаҳат берди 0 14:18Шакур Стивенсон Zuffa Boxing’дан кетганини эълон қилди 0 13:19Шожҳаҳон Эргашевни Озарбайжон ва Қирғизистондан жангга чорлашди 0 12:28Ламин Ямаль жорий мавсум Топ-5 лигаларда биринчи бўлиб ушбу натижага эришди 0

02 may 10:49
Yangiliklar

SHaxmat

Nodirbek Abdusattorov: "Magnus o'ynashini eshitishim bilan rozi bo'ldim"

SHveciyadagi turnirni g'alaba bilan boshlagan hamyurtimiz Nodirbek Abdusattorov matchdan keyingi intervyusida o'z strategiyasi va asosiy maqsadi haqida gapirdi.

Nodirbekning takidlashicha, g'alabaning kaliti debyut tanlovida bo'lgan.

"Raqibimning o'yinlarini o'rganib chiqib, u asosan e4 yurishini tanlashini va bu borada tayyorgarligi kuchli ekanini bildim. SHuning uchun unga syurpriz qilish maqsadida Karo-Kann himoyasini tanladim. Bu u uchun kutilmagan bo'ldi"

O'yin davomida Abdusattorov raqibning ustunligini yo'qqa chiqarish uchun sipohlarni almashtirish taktikasini qo'llagan. Yakunda raqib vaqt tanqisligida (ceytnot) qo'pol xatoga yo'l qo'ydi va Nodirbek bundan unumli foydalanib, g'alabaga erishdi.

SHuningdek, Nodirbek so'nggi vaqtlarda London, Veyk-an-Zee va Praga turnirlarida ketma-ket chempionlikni qo'lga kiritdi. Uning aytishicha, asosiy sir barqarorlikda.

"Men shunchaki maksimal darajada barqaror o'ynashga harakat qilyapman. Bu yil Grand Chess Tour`da qatnashmayotganim sababli, boshqa nufuzli turnirlarda ishtirok etishim kerak edi"

Intervyuning eng qiziq nuqtasi Nodirbekning ushbu turnirga nega kelgani haqidagi savol bo'ldi:

"Men bu erga aynan Magnus borligi uchun kelishga qaror qildim. Uning o'ynashini eshitishim bilan ishtirok etishga darhol rozi bo'ldim."

Turnirning 3-turida Nodirbek jahonning 1-raqamli shaxmatchisi Magnus Karlsenga qarshi dona suradi. Bu bahsda Abdusattorov qora donalarda o'ynaydi.

"Qora donalarda o'ynashning ham o'ziga xos plyuslari bor menda ortiqcha bosim bo'lmaydi. Ko'ramiz, bu qanday natija berar ekan".

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing