So’nggi yangiliklar

22:35Асадбек Самандаров Дакар Олимпиадасининг кумуш медали соҳиби 0 22:31Дакар-2026: Паризода Талабова кумуш медалга сазовор бўлди 0 20:30Ўзбекистонлик трамполинчилар Нанкиндаги Жаҳон чемпионатида қатнашади 0 19:59Формула-1. Ландо Норрис — Бразилия Гран-приси ғолиби! 0 19:28Футзал. Ўзбекистон Тожикистонга жавобсиз учта гол урди 0 18:57Екатерина Гейниш Ўзбекистон терма жамоасини тарк этиб, яна Россия сафига қайтди 0 18:26Арман Царукян Пётр Яннинг ярим енгил вазнга ўтиш шартини айтди 0 17:55Трамп UFC раҳбарига Оқ уй матбуот котиби лавозимини таклиф қилганини ҳазил деб атади 0 17:24АПЛда илк истеъфо яқин. Жамоага янги мураббийликка номзодлар ҳам маълум — The Athletic 0 16:53Шавкат Раҳмонов жароҳати қайталангани ҳақидаги миш-мишларга муносабат билдирди 0 16:21Хоккей бўйича Осиё чемпиони аниқланди 0 15:50Шоҳасан Мирзаматов Octagon 94 турнирида жанг қилади 0 15:19Флик "Барселона"нинг Ла Лигада "Атлетико" устидан қозонган ғалабасидан сўнг нималар деди? 0 14:48Zagreb Grand Prix 2026 учун таркибимиз тасдиқланди: Диёра ва Давлат ҳам Хорватияга боради! 0 14:17Гэтжининг менежери Топурияга қарши реваншни истисно қилди: "Унинг акаси ҳаётини сақлаб қолди" 0

02 apr 05:25
Yangiliklar

SHaxmat

Nodirbek Abdusattorov o'zbek shaxmatchilari orasida yana bir tarixiy natija qayd etdi

Xalqaro shaxmat federaciyasi (FIDE) 2024 yilning 1 aprel holatiga ko'ra dunyo shaxmatchilarining yangi reytingini elon qildi.

Quvonarlisi, tarixda ilk bor o'zbek shaxmatchisi dunyo reytingining Top-4'taligiga kirdi. Aslida 19 yoshli Nodirbek Abdusattorov fevral oyidayoq Top-10`talikka kirib, o'zbek shaxmatchilari uchun rekordni yangilagan edi. Uning o'zi kecha elon qilingan yangi reytingda o'sha rekordni yangilab qo'ydi. Bungacha o'zbek shaxmatidagi eng yaxshi natija Rustam Qosimjonovga tegishli bo'lib, u 2715 ochko bilan jahon reytingida 11-o'rinda qayd etilgandi. 

Yaqinda Prague Chess Festival g'olibi bo'lgan Nodirbek 2765 ochko bilan 4-o'ringa ko'tarildi. Bu Top-10`talikdagi eng katta o'sish bo'ldi. Reytingni hamon jahon chempioni Magnus Karlsen boshqarmoqda. Norvegiyalik grossmeyster Samarqandda o'tgan rapid va blic yo'nalishi bo'yicha FIDE jahon chempionatida g'oliblikni qo'lga kiritib, har ikki yo'nalishda o'z chempionligini himoya qilgandi. 

Amerikalik grossmeysterlar Fabiano Karuana yangilangan reytingda ikkinchi, Hikaru Nakamura uchinchi o'rinni band etgan. Top-10`talikdan Ding Liren (Xitoy), Alireza Firuzja (Franciya), Yan Nepomnyashiy (Rossiya), Uesli So (AQSH), Arjun Erigaisi (Hindiston) va Yi Vey (Xitoy) joy olgan. Vishvanatan Anand 11-o'rinda qayd etilgan.    


Yangilangan FIDE reytingi (Top-10):

1. Magnus Karlsen (Norvegiya, 2830)

2. Fabiano Karuana (AQSH, 2803)

3. Hikaru Nakamura (AQSH, 2789)

4. Nodirbek ABDUSATTOROV (O'zbekiston, 2765)

5. Ding Liren (Xitoy, 2762)

6. Alireza Firuzja (Franciya, 2760)

7. Yan Nepomnyashiy (Rossiya, 2758)

8. Uesli So (AQSH, 2757)

9. Arjun Erigaisi (Hindiston, 2756)

10. Yi Vey (Xitoy, 2755)


O'zbek shaxmatchilarining reytingdagi o'rni:

4. Nodirbek Abdusattorov (2765)

48. Rustam Qosimjonov (2685)

50. Javohir Sindarov (2684)

69. Nodirbek Yakubboev (2665)

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing