So’nggi yangiliklar

12:32Ўзбекистон терма жамоаси IHF Nations Trophy 2026 ғолиби бўлди 0 11:11Райан Гарсия Теофимо Лопес билан жанг қилиши мумкин — инсайдер 0 10:32"Реал" катта номли футболчилар кетидан қувиб, ишончни йўқотди" - Лапорта 0 09:44Ковингтон ва Диллон Дэнис яна учрашади (ПОСТЕР) 0 09:00WTA Ningbo Open. Раҳимова дунёнинг 26-ракеткасига қарши муносиб қаршилик кўрсатди 0 08:11Илья Сибирцев яна бир дастурда Ўзбекистон рекордини янгилади 0 07:30WBC Адамесга титулсиз жанг ўтказишга рухсат берди 0 19:10"Реал" 15 ёшли ярим ҳимоячи билан битим имзолаши мумкин 0 18:39Волкановски фаолиятини якунлаш эҳтимоли ҳақида гапирди 0 18:17Афсонавий Федор Емельяненко Ўзбекистонга келади 0 17:41"Охирги жангдаги хатоларимни такрорламайман". Двалишвили Янга қарши учинчи жанг ҳақида гапирди 0 17:19Кэррик кетяптими? МЮ раҳбарияти фавқулодда йиғилиш чақирмоқда 0 16:48Дана Уайт мағлубиятcиз афғон жангчининг UFC`дан четлатилганига изоҳ берди 0 16:17Бугун Жаҳон чемпионатида тўрт нафар боксчимизга мухлислик қиламиз 0 15:46Итаума: "Хрговичга ҳаддан ташқари кўп ҳурмат кўрсатдим" 0

13 may 11:24
Yangiliklar

SHaxmat

Nodirbek Abdusattorov Superbet Poland Rapid & Blitz turniridan qancha gonorar ishlab oldi? Qolganlarchi?

Xabar berganimizdek, Polsha poytaxti Varshava shahrida o'tkazilgan shaxmat bo'yicha nufuzli Superbet Poland Rapid & Blitz turniri o'z yakuniga etdi.

Mukofot jamg'armasi 175 000 AQSH dollarini tashkil etgan ushbu musobaqada dunyoning kuchli 10 nafar grossmeysteri bosh sovrin uchun bahs olib bordi. Ikki kunlik rapid turnirida xitoylik Vey I, blicda esa Magnus Karlsen birinchi o'rinni egalladi. Ikki musobaqa yakunlariga ko'ra umumiy hisobda Magnus Karlsen musobaqa g'olibiga aylandi. 

Norvegiyalik jahon chempioni bosh sovrin bilan birga 40 000 AQSH dollari miqdoridagi mukofot pulini ham qo'lga kiritdi. Ikkinchi o'rinni egallagan xitoylik Vey 30 000, kuchli uchlikka yakun yasagan mezbon shaxmatchi Yan-Kshishtof Duda 25 000 dollarga ea chiqdi. Eng oxirgi o'rindagi hindistonlik Gukesh o'z hamyonini 7 000 dollarga boyitib oldi.  

Dunyo reytingida 5-o'rinni egallab turgan hamyurtimiz Nodirbek Abdusattorov esa 11 000 AQSH dollari miqdoridagi mukofot puliga ega bo'ldi. Hamyurtimiz rapidda 8 ochko jamg'arib, hindistonlik Erigaysi bilan 6-7 o'rinlarni bo'lishib olgan edi. Blic bahslarida esa 9,5 ochko bilan 5-pog'onadan joy oldi. Yosh jahon chempionimiz umumiy jadvalda 17,5 ochko bilan 6-o'rinni egalladi. 

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing