29 jan 21:04
Yangiliklar
SHaxmat
Nodirbek Abdusattorov "Tata Steel Chess-2023" musobaqasini 2-o'rinda yakunladi
Niderlandiyaning Veyk-an-Zee shahrida "Tata Steel Chess-2023" musobaqasi o'z yakuniga etdi.
Ushbu musobaqaning so'nggi 13-turida Nodirbek niderlandiyalik mezbon shaxmatchi Yorden van Foreestga qarshi o'ynadi va afsuski imkoniyatni boy berib qo'ydi. Umumiy hisobda u musobaqani 8 ochko bilan yakunladi. U musobaqaning asosiy qismi mobaynida peshqadam bo'lib kelganini qayd etish lozim.
Musobaqa g'olibligi 8,5 ochko to'plagan mezbon Anish Giriga nasib qildi.
"CHellenjer" guruhida esa Javohir Sindarov boshqa bir mezbon Tomas Beerdsenni mag'lubiyatga uchratib, 3-o'rinni band etdi.
O'yinni ushbu sahifa orqali kuzatib borish mumkin bo'ldi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar