21 jan 22:18
Yangiliklar
SHaxmat
Nodirbek Abdusattorov va Javohir Sindarovdan g'alaba!
Niderlandiyaning Veyk-an-Zee shahrida shaxmat bo'yicha nufuzli "Tata Steel Chess-2023" turniri davom etmoqda.
Bugun musobaqada 7-tur uchrashuvlari bo'lib o'tdi.
"Masters" guruhida ishtirok etayotgan hamyurtimiz Nodirbek Abdusattorov hindistonlik Arjun Erigaisiga qarshi o'yin o'tkazdi va qora donalarda g'alabaga erishdi.
Ushbu g'alaba orqali Nodirbek ochkolari sonini 5,5 taga etkazib oldi.
"CHellenjer" guruhida esa Javohir Sindarov niderlandiyalik Elin Roebersga qarshi uchrashuv o'tkazdi. Oq donalarda harakat qilgan Javohir ham uchrashuvni o'z foydasiga hal qildi. G'alaba!
Ushbu g'alabadan so'ng Javohirning ochkolari soni 5 taga etdi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar