So’nggi yangiliklar

20:20ПСЖ оғир жароҳат олганига қарамай, Кварацхелия билан шартномани 2032 йилгача узайтирмоқчи 0 19:33Хирн: "Дана Уайт ва UFC Фьюри — Жошуа жангини ташкил қилмайди" 0 18:44Сехудо Стерлингни Пётр Яндан устун қўймоқда 0 17:53Волкановски Жастин Гэтжига камаридан воз кечишни таклиф қилди 0 17:02Каррик: "Мен айбни тўлиқ ўз зиммамга оламан" 0 16:16Ўзбекистон профессионал бокс федерацияси уч спортчини четлатиш масаласини кўриб чиқмоқда 0 15:20Теремоанани Жалолов билан эҳтимолий жангдан огоҳлантиришди 0 14:43Дю Плесси жамоаси Анкалаев билан жанг таклифини рад этган 0 13:56МЮ сардори кечаги мағлубиятдан сўнг мураббийлар штабини кескин танқид қилди 0 13:44Ислам Махачев Ўзбекистонга келади 0 13:13Жаҳон чемпионати олдидан Ўзбекистон таркибида икки ўзгариш юз берди. Разамбек Қозоғистонга бормайди! 0 12:21Шоҳжаҳон Эргашев чақирувларга жавоб қайтарди 0 11:34Мовсар Евлоев: "Аввал чемпионлик камарини қўлга киритаман, кейин эса тажриба ўтказамиз" 0 10:24"Жуда яхши рақиблар". Карпин — Россия терма жамоасининг Ўзбекистон ва Венесуэлага қарши ўйинлари ҳақида 0 09:40Ҳозирда шахмат тарихидаги энг ёш гроссмейстер ким? 0

17 okt 08:26
Yangiliklar

SHaxmat

Nodirbek Abdusattorov va Magnus Karlsen yana bir bor to'qnash kelishdi

Xabar berganimizdek, shu kunlarda shaxmat bo'yicha "Meltwater Champions Chess Tour" onlayn musobaqasi o'tkazilmoqda.

Mukofot jamg'armasi 150 000 AQSH dollarini tashkil etuvchi ushbu nufuzli turnirda jahonning reytingi baland grossmeysterlari g'oliblik yo'lida dona suryapti. Yulduz shaxmatchilar qatorida hamyurtimiz Nodirbek Abdusattorov ham bahslarda ishtirok etyapti. 

Tezkor shaxmat bo'yicha jahonning eng yosh va shu bilan birga amaldagi chempioni hisoblangan Nodirbek kecha o'tkazilgan 4 ta partiyaning 3 tasida kuchli raqiblari bilan murosa yo'lini tanladi va 9-turda turnirdagi ikkinchi mag'lubiyatini qabul qilib oldi. SHveciyalik Nils Grandelius shaxmatchimizdan ustun keldi.

Etiborlisi, Abdusattorov 11-turda amaldagi jahon toji sohibi, norvegiyalik Magnus Karlsen bilan uchrashdi. Jahon chempionlari 84-yurishdan so'ng durangga rozi bo'lishdi. Bu safar ham Karlsen Nodirbekni mag'lub eta olmadi. SHaxmatchilarning bundan avvalgi uchrashuvi jahon chempionati doirasida o'tkazilgan bo'lib, o'shanda Abdusattorov tarixiy g'alabaga erishgandi.  

Kecha shaxmatchimiz 10-turda AQSH vakili Daniel Narodickiy, 12-turda polshalik Yan-Kshishtof Duda bilan durangga imzo chekdi. Nodirbek 5 g'alaba, 5 durang va 2 mag'lubiyat bilan 20 ochko jamg'argan holda turnir jadvalida 6-o'rinni egallab turibdi. Uchinchi kungi bahslar oldidan u yakka peshqadam bo'lib kelayotgan edi. 

Turnir jadvalida Duda 25 ochko bilan yakka peshqadam bo'lib oldi. Ozarbayjonlik SHaxriyar Mamadyarov 23 ochko bilan ikkinchi o'rinni egallagan. Gukesh, Erigaysi va Magnus Karlsen hisobida 21 tadan ochko bor. 

Reyting: -1   

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing