So’nggi yangiliklar

12:21Шоҳжаҳон Эргашев чақирувларга жавоб қайтарди 0 11:34Мовсар Евлоев: "Аввал чемпионлик камарини қўлга киритаман, кейин эса тажриба ўтказамиз" 0 10:24"Жуда яхши рақиблар". Карпин — Россия терма жамоасининг Ўзбекистон ва Венесуэлага қарши ўйинлари ҳақида 0 09:40Ҳозирда шахмат тарихидаги энг ёш гроссмейстер ким? 0 08:37Дастин Порье Рамазон Темировнинг жанги ҳақида гапирди 0 19:41Майк Мэлотт UFC 336 турнирида иштирок этади 0 19:03Манба: Каннаваро Мексика ёки АҚШ клубларини бошқариш имкониятини кўриб чиқмоқда 0 18:25Guangzhou Challenger: Ҳумоюн Султоновни чорак финал остонасида тўхтатишди 0 17:44"У кучли зарба берадиган жангчи". Кавана жанг олдидан Рамазон Темиров ҳақида гапирди 0 16:55Жанибек Алимханули WBO камари учун жанг қилади 0 16:06"Сабаҳ" — жорий мавсум ушбу натижага эришган EЧЛдаги биринчи жамоа! 0 15:17Хргович Уордлига фаолиятини якунлашни маслаҳат берди 0 14:18Шакур Стивенсон Zuffa Boxing’дан кетганини эълон қилди 0 13:19Шожҳаҳон Эргашевни Озарбайжон ва Қирғизистондан жангга чорлашди 0 12:28Ламин Ямаль жорий мавсум Топ-5 лигаларда биринчи бўлиб ушбу натижага эришди 0

01 jan 16:16
Yangiliklar

SHaxmat

Nodirbek Abdusattorov va Magnus Karlsen yangi jahon chempionatida ishtirok etadi!

Total Chess World Championship Tour bir yil davomida bir nechta shaharda o'tkaziladigan musobaqalar tizimi bo'lib, tezkor klassik, rapid va blic formatlarini o'zida jamlaydi.

Yakunda shu uch yo'nalishda barqaror natija ko'rsatgan shaxmatchi FIDE World Combined Champion unvonini qo'lga kiritadi. 

Bu shaxmat olamida katta yangilik sifatida qabul qilinmoqda. Norway Chess tashabbusi va FIDE roziligi bilan Total Chess World Championship Tour jahon chempionati yo'lga qo'yilmoqda. Har mavsumda to'rtta turnir o'tkaziladi: uchtasi saralash, bittasi esa final bosqichi sifatida rejalashtirilgan.

Tanlov bosqichlarida yigirma to'rt nafar ishtirokchi qatnashadi. Mavsum yakunida to'plagan ochkolari bo'yicha eng kuchli to'rt shaxmatchi final bosqichiga yo'l oladi. Loyiha shu yil kuzda boshlanadi. To'liq mavsum esa 2027 yilning birinchi choragida start oladi.

Mukofot jamg'armasi katta miqdorda belgilanmoqda: har bir musobaqa uchun kamida 750 ming dollar, final bosqichi uchun esa kamida 450 ming dollar ajratilishi ko'zda tutilgan. Ananaviy FIDE klassik jahon chempionati o'z yo'nalishida davom etadi. Yangi tur klassik chempionatning o'rnini bosmaydi, balki unga parallel tarzda tashkil etiladi.


Saralash qanday bo'ladi?

Rasmiy reglament va saralash mezonlari shu yilning birinchi choragida elon qilinadi. Hozircha saralashda FIDE reytingi, FIDE Circuit natijalari hamda rapid va blic bo'yicha jahon chempionatlari ko'rsatkichlari inobatga olinishi rejalashtirilgan. 

Turli vaqt nazoratlarida barqaror o'ynay oladigan shaxmatchi mutlaq chempion sifatida etirof etiladi. FIDE tasdig'i bilan bu loyiha global shaxmat taqvimidagi eng nufuzli seriyalardan biriga aylanishi kutilmoqda. Kuni kecha blic bo'yicha jahon chempionatining finalida o'zaro o'ynagan Magnus Karlsen va Nodirbek Abdusattorov hech qanday saralashsiz, to'g'ridan-to'g'ri musobaqada ishtirok etadi. 

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing