So’nggi yangiliklar

20:20ПСЖ оғир жароҳат олганига қарамай, Кварацхелия билан шартномани 2032 йилгача узайтирмоқчи 0 19:33Хирн: "Дана Уайт ва UFC Фьюри — Жошуа жангини ташкил қилмайди" 0 18:44Сехудо Стерлингни Пётр Яндан устун қўймоқда 0 17:53Волкановски Жастин Гэтжига камаридан воз кечишни таклиф қилди 0 17:02Каррик: "Мен айбни тўлиқ ўз зиммамга оламан" 0 16:16Ўзбекистон профессионал бокс федерацияси уч спортчини четлатиш масаласини кўриб чиқмоқда 0 15:20Теремоанани Жалолов билан эҳтимолий жангдан огоҳлантиришди 0 14:43Дю Плесси жамоаси Анкалаев билан жанг таклифини рад этган 0 13:56МЮ сардори кечаги мағлубиятдан сўнг мураббийлар штабини кескин танқид қилди 0 13:44Ислам Махачев Ўзбекистонга келади 0 13:13Жаҳон чемпионати олдидан Ўзбекистон таркибида икки ўзгариш юз берди. Разамбек Қозоғистонга бормайди! 0 12:21Шоҳжаҳон Эргашев чақирувларга жавоб қайтарди 0 11:34Мовсар Евлоев: "Аввал чемпионлик камарини қўлга киритаман, кейин эса тажриба ўтказамиз" 0 10:24"Жуда яхши рақиблар". Карпин — Россия терма жамоасининг Ўзбекистон ва Венесуэлага қарши ўйинлари ҳақида 0 09:40Ҳозирда шахмат тарихидаги энг ёш гроссмейстер ким? 0

20 fev 07:56
Yangiliklar

SHaxmat

Nodirbek Abdusattorov yana bir bor Magnus Karlsenga qarshi dona surdi

Kecha eng yirik “Meltwater Champions Chess Tour” onlayn turnirlar doirasidagi ilk musobaqa – “Airthings Masters” boshlandi.

Mukofot jamg'armasi 150 ming AQSH dollarini tashkil etuvchi mazkur turnirda sayyoramizning eng kuchli grossmeysterlari ishtirok etyapti. Ular orasida hamyurtimiz, rapid yo'nalishi bo'yicha amaldagi va shu bilan birga eng yosh jahon chempioni Nodirbek Abdusattorov (2651) ham bor.

Quvonarlisi, kecha o'tkazilgan 4 ta partiyada Abdusattorov hech bir raqibiga yutqazmadi. Yana bir muhim jihat, jahon tojdori Magnus Karlsen (2865) bu safar ham yosh grossmeysterimizni mag'lub eta olmadi. Karlsenga qarshi qora donalarda harakat qilgan Nodirbek durang natija qayd etdi. Aynan Magnus ushbu musobaqaning amaldagi g'olibi hisoblanadi. 

Abdusattorov musobaqadagi ishtirokini niderlandiyalik Anish Giri (2772)ga qarshi bahs bilan boshladi. Ushbu partiyada tomonlar murosaga kelishdi. Ikkinchi turda Karlsen - Abdusattorov uchrashuvi bo'lib o'tdi. Uchinchi turda hamyurtimiz oq donalar rossiyalik Vladislav Artemev (2700) bilan durang o'ynadi. To'rtinchi turda esa yana bir rus grossmeysteri Andrey Esipenko (2714) bilan murosaga keldi. 

SHu tariqa, birinchi kungi bahslarda Nodirbek Abdusattorov yomon taassurot qoldirmadi. Bugun yosh grossmeysterimiz 5-turda rossiyalik Yan Nepomnyashiy (2773) bilan qora donalarda o'ynaydi. Oltinchi turda ayollar o'rtasida 12-Jahon chempioni, rossiyalik Aleksandra Kostenyuk (2516) bilan uchrashadi. 

Malumot uchun, 16 xalqaro grossmeyster ishtirokidagi musobaqa rapid yo'nalishida o'tkazayotgan bo'lib, dastlab ishtirokchilar 15 turdan iborat saralash bosqichida o'zaro kuch sinashadi. SHaxmatchilar to'plagan har bir ochkosi uchun 250 dollardan mukofot olishadi. Saralash bosqichi yakuniga ko'ra eng yaxshi natija qayd etgan 8 nafar shaxmatchi pley-off bosqichida g'oliblik uchun kurash olib boradi. Bu bosqichda har bir o'yin muhim ahamiyatga ega va yutqazgan shaxmatchi uchun musobaqa tugaydi.

Eslatib o'tamiz, yaqinda Polshada o'tkazilgan jahon chempionatida Nodirbek Abdusattorov Magnus Karlsenni shov-shuvli tarzda mag'lubiyatga uchratgan edi. O'sha g'alaba tasodifiy bo'lmagani kechagi uchrashuvda o'z isbotini topdi. 

Reyting: +1   

Fikrlar

   
20 fev 09:11:46
Aziz
SPRINTERshashist foydalanuvchining fikriga javob berish
Расм эскику
муҳими, натижа янги. Мусобақа онлайн бўляпти
   
20 fev 09:00:40
SPRINTERshashist
Расм эскику
< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing