04 avg 09:15
Yangiliklar
SHaxmat
Nodirbek Abdusattorovdan kutilmagan natija, Sindarov va Yakubboev bugun tay-brekda o'ynaydi
Ozarbayjon poytaxti Boku shahrida shaxmat bo'yicha Jahon kubogi davom etmoqda.
Kecha musobaqa doirasida 2-bosqichning 2-partiya o'yinlari tashkil etildi.
Afsuski kechagi kunda yana bir yo'qotishga uchradik. Nodirbek Abdusattorov oq donalarda turkiyalik Vexap Sinalga imkoniyatni boy berib qo'ydi va sensacion tarzda musobaqani tark etdi.
Javohir Sindarov va Nodirbek Yakubboev yana durang qayd etib, tay-brek o'ynaydigan bo'lishdi. Tay-brek bahslari bugun bo'lib o'tadi.
Kecha qayd etilgan natijalar:
Nodirbek Abdusattorov - Vexap Sanal (Turkiya) 0: 0:1 (0,5:1,5)
Javohir Sindarov - Markus Ragger (Avstriya) 0,5:0:5 (1:1)
Nodirbek Yakubboev - Benjamin Gledura (Vengriya) 0,5:0:5 (1:1).
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar